Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik ishbilarmonlar Farg‘onada yangi loyihalarni muhokama qildi
20:14 / 2017-12-22

Farg‘onada viloyat tadbirkorlari va Xitoyning Szyansu provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-seminar bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada viloyat tadbirkorlari va Xitoyning Szyansu provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-seminar bo‘lib o‘tdi.

1 (2).JPG

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda ish yuritish uchun yaratilgan qulay muhit, imtiyoz va preferensiyalar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qilayotir. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad ham xorijlik ishbilarmonlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat.

8 (1).JPG

Farg‘ona viloyatida iqtisodiyotning turli sohalarida 200 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu xorijiy sarmoyadorlarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqish va ishonch ortib borayotganidan dalolat. Xususan, xitoylik ishbilarmonlar bilan keyingi yillarda mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani natijasida viloyatning o‘zida 20 dan ortiq qo‘shma korxona ishga tushirildi. Ayni paytda "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida xorijliklar bilan hamkorlikda ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

3 (1).JPG

Mazkur biznes-seminar ham mavjud aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Unda mashinasozlik, farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish, oziq-ovqat, kimyo sanoati, elektrotexnika, muqobil energiya manbalari, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin konsern va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

5 (1).JPG

– Szyansu provinsiyasida zamonaviy sanoat rivojlangan bo‘lib, Xitoyda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, – deydi “Jiangsu” kompaniyasi direktor o‘rinbosari Szya Yinke. – Bugun Farg‘ona viloyatidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik. Yurtingizda tadbirkorlik uchun katta imtiyozlar berilayotgani e’tiborga sazovor.

13.JPG

Tadbirda viloyatning iqtisodiy salohiyati va bu yerdagi investitsiya muhiti xususida ma’lumotlar taqdim etildi. Turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.