Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik investorlar katta loyihalarni amalga oshirmoqda
16:42 / 2024-01-25

Hozirgacha Toshkent viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida 600 ta korxona mavjud bo‘lib, ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar jami 2 milliard dollarni tashkil etadi. E’tiborlisi, 2023 yilda ana shunday 234 ta yangi loyihalar amalga oshirilgan.

Boshqa hududlarga qaraganda Ohangaron tumani so‘nggi yillarda xitoylik investorlar bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘ygan. Bu yerda 30 dan ziyod korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, yana ko‘plab loyihalar bo‘yicha qurilish ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, “Angren” erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron tumani “Angren-1” blokida xitoyning “Hua Tao Cermic Group” xorijiy korxonasi tomonidan keramik plitkalar va ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi zavod qurilishi boshlangan. Mazkur loyiha 2023-2025-yillarda Xitoy Xalq Respublikasining “Zibo Brosilk New Material Technology Partnership” kompaniyasi hamda xitoylik investor Jia Xiaohu tomonidan kiritilayotgan 30 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya hisobiga 3 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Birinchi bosqich 2024 yil oxiriga borib ishga tushadi va yiliga quvvati 6 million kvadrat metr keramik plitkalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda plitalar tayyorlashni mahalliylashtirish darajasini to‘liq o‘zlashtirish maqsadida korxonaning o‘zida fritta, glazur, printerlar uchun bo‘yoqlar hamda metall qoliplar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Korxonaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

2026 yilga borib esa korxonada 360 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi va shundan 11 million dollarlik qismi eksportga yo‘naltirilishi belgilangan. Buning evaziga davlat byudjetiga 3 milliard so‘mlik soliq tushumlari kelib tushadi. Korxonada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlar ichki bozor va eksportga “Made in Uzbekistan” tamg‘asi bilan yetkazib beriladi. 

Tuman mas’ullari Xitoy davlatiga tashrifi davomida do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishdi. Jumladan, xitoylik tadbirkorlar bilan savdo-iqtisodiy va sanoat sohasidagi hamkorlik doirasida umumiy qiymati 575,0 million dollar bo‘lgan 6 ta memorandum imzolandi. 

A.Musayev,O‘zA.