Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoylik hamkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijga eksport qilinmoqda
14:21 / 2024-01-22

Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, xorijiy investorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi bois xorijiy investitsiyalar hisobiga zamonaviy, innovatsion va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bundan besh yil oldin Navoiy viloyatida 60 ga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 300 tadan oshib ketdi.  

2021 yil yakunida “TIANCHENG STONE” xorijiy korxonasi tomonidan qariyb 15 million dollarlik grant mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 400 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan edi.  

2023 yilning avgust oyi yakunida esa granit toshlarni qayta ishlash bo‘yicha ikkinchi loyiha ishga tushirildi.  

[gallery-15578]

Ayni paytda korxonaning Xatirchi tumani “Ko‘ksaroy” hududida granit kareri mavjud bo‘lib, bir oyda qariyb 15 ming m3 ga yaqin qurilishbop granit toshi qazib olinadi.  

– Korxonamiz xitoylik hamkorlar ko‘magida 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, granit toshini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi, – deydi MCHJ mas’ul xodimi Merem Qazaqova. – Mahsulotlarimiz xorijga, asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinadi. Yaqinda korxonamizning 17 million dollarlik ikkinchi loyihasi ishga tushirildi. Natijada 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. 2022 yili 8 million dollarlik granit mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2023 yil ushbu ko‘rsatgich 10 million dollardan oshdi.  

Iqtisodiyotning barqarorligi ko‘p jihatdan eksportga bog‘liq. Shu bois bugungi kunda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni eksport qilishga alohida e’tibor qaratilgan.  

Bu o‘z navbatida valyuta tushumining ortishiga olib kelsa, ikkinchidan korxonalar iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi va eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlik darajasi kamayadi.  

 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari