Xitoyga yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasi mamlakatning yangi mudofaa vaziri lavozimiga Dun Szyun tayinlanishi uchun ovoz berdi.
“China Daily” nashrining ma’lum qilishicha, ovoz berishdan keyin majlis Dun Szyunni mudofaa vaziri etib tayinlash bo‘yicha qaror qabul qilgan.
U Li Shanfu o‘rniga mudofaa vaziri bo‘ldi. Bungacha Dun Szyun Xitoy xalq ozodlik armiyasining harbiy dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan.