Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyga qarshi strategik ittifoq
13:07 / 2025-12-13

Amerikaning Ford kompaniyasi va Fransiyaning Renault konserni Yevropa bozorida tobora kuchayib borayotgan Xitoy elektromobillariga qarshi turish uchun tarixiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

CNN xabariga ko‘ra, ikki gigantning maqsadi — arzon, raqobatbardosh va yangi avlod elektr avtomobillarini birgalikda ishlab chiqarish. 

Ford bosh direktori Jim Farlining aytishicha, Yevropada BYD, XPENG kabi Xitoy brendlari juda tez sur’atda bozorni egallab bormoqda. U bu birlashuvni hatto “hayot uchun kurash” deb atab, kompaniya uchun bu hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. 

Hamkorlik doirasida ikki xil kichik, byudjet toifasidagi Ford elektromobili ishlab chiqariladi. Ulardan birinchisi 2028 yilda Yevropa bozoriga taqdim etilishi rejalashtirilgan va Renaultning Fransiyadagi zavodida yig‘iladi. 

Renault rahbari Fransua Provost ham Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining juda tez sur’atda ustunlikka erishayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi kutish emas, balki tezkor harakat qilish va kuchlarni birlashtirish davri kelgan. 

Rasmiylar Fort va Renault orasidagi bu hamkorlik to‘liq qo‘shilish emasligini, balki faqat strategik ishlab chiqarish ittifoqi ekanini qayd etdi. Ford ushbu hamkorlik orqali Yevropada yo‘qotib borayotgan bozor ulushini tiklashni maqsad qilmoqda — kompaniyaning ulushi 2019 yildagi 6,1 foizdan bugungi kunda 3,3 foizga tushib ketgan. Renault esa bu orqali ishlab chiqarish hajmini oshirib, xarajatlarni qisqartirishni maqsad qilmoqda. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xgyYNPWL_DI" title="Xitoyga qarshi strategik ittifoq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA