Xitoyga o‘ta kuchli “Doksuri” dovuli yaqinlashmoqda
Meteorologlarning ta’kidlashicha, shu kunlarda Filippinga yopirilgan «Doksuri» dovuli Xitoyning shimoli-g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab Futszyan, Guandun, Chjetszyan, Anxoy, Szyansi va boshqa bir qator provinsiyasiga bostirib kiradi.
Ma’lumotga ko‘ra, 27 iyul kuni dovul Tayvan orolidan 220 kilometr masofada edi va hozirda u soatiga 10-15 kilometr tezlikda shimoli-g‘arbga yaqinlashmoqda. Meteorologlarning hisob-kitobicha, dovul shiddati Xitoyning materik qismiga yaqinlashgan sari kuchayib boradi.
XXR favqulodda vaziyatlarni boshqarish vazirligi 4 ming kishi va ko‘plab texnikalar yuqori hozirlik holatiga keltirilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, aholi ham toshqin va yer ko‘chishlari ehtimolidan ogohlantirilmoqda.
O‘zA