Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyga achchiq qalampir eksportiga yo‘l ochildi
15:34 / 2019-08-20

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalampir eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi.

Xitoy tomoni talabiga ko‘ra, achchiq qalampir mahsulotlarini XXRga eksport qilishga tegishli ruxsatnomani olish uchun eksport qiladigan tadbirkorlik sub’ektlari reestrini shakllantirish va Xitoy tomoniga tasdiqlash uchun har yili eksport mavsumi boshlanishidan kamida 2 oy oldin jo‘natish talab qilinadi.

Shu munosabat bilan, ushbu resstrni shakllantirish uchun respublikamizdagi eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida Inspeksiyaga taqdim etilishi lozim.

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati