Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoydagi zilzila to‘rt kishining yostig‘ini quritdi
22:15 / 2022-06-02

Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasining Yaan shahrida sodir bo‘lgan kuchli yer qimirlashi tufayli 4 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bergan.

Tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish bo‘yicha shahar shtabi 6,1 balli zilzila markazi 17 kilometr chuqurlikda ekanini ma’lum qildi. Keyinchalik yer silkinishi takrorlangan.

– Juda ko‘p bino vayron bo‘lgan, shaharda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan, – deb yozadi axborot muallifi. – Eslatib o‘tamiz, 2008 yil Sichuanda yuz bergan kuchli zilzila natijasida 90 mingga yaqin fuqaro qurbon bo‘lgandi.

O‘zA