Xitoydagi pirotexnika do‘koni portlab, 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi
“Reuters” agentligi xabar berishicha, Xitoy markazi, Xubey muzofoti Xyangyang shahridagi pirotexnika do‘konida portlash yuz berdi. Yong‘in oqibatida o‘n ikki kishi halok bo‘lgan. Hodisa sababi tekshirilmoqda.
Chin yurtida pirotexnika vositalari bilan bog‘liq fojiali voqealar ko‘p kuzatiladi. Masalan, 2025-yil iyunda Xunan viloyatida mushakbozlik mahsulotlari ishlab chiqaradigan fabrika portlab, to‘qqiz inson qurbon bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Xavfsizlik va havo ifloslanishi bilan bog‘liq xavotir tufayli ba’zi shaharlarda mushakbozlik taqiqlanganiga qaramay, Xitoyda portlash xavfi yuqori moddalar qo‘llanishi Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayramining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda.
S.Rahimov, O‘zA