Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoydagi elchixonamizda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlandi
14:26 / 2025-12-09

Ma’lumki, Konstitutsiya – har bir davlatning tayanchi, barqaror rivojlanish va qonuniylik poydevoridir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatchiligimiz ramzi bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Asosiy qonunimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy zamini, xalqimiz farovonligi va ertangi kun ravnaqiga xizmat qiladigan yo‘l xaritasidir.

Kecha O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda elchixona mas’ullari, diplomatlar, xorijiy mehmonlar, jamoat arboblari va faol vatandoshlar ishtirok etib, bosh Qomusimizning ahamiyati va uning hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashdi.

Yig‘inda so‘zga chiqqan elchixona maslahatchi-vakili Saidkamol Azamxo‘jayev yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida shakllantirilganligini alohida qayd etdi.  Shuningdek, Asosiy qonunimizning maqsadi – fuqarolarning huquqlarini kafolatlashni kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirish va adolatli jamiyat barpo etishdan iboratligini ta’kidladi. 

Davra suhbatida so‘z olganlar mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar va Konstitutsiyadagi yangiliklarning hayotimizdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 

Samimiy ruhda kechgan tadbirda ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovot” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Bundan tashqari, o‘zbek milliy musiqasi va raqs san’atidan ijrolar namoyish etildi. Bu nafaqat bayramona ruhni mustahkamladi, balki mamlakatimiz madaniy boyligi va mehmondo‘stligini ham namoyon qildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA