Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda yuz bergan yong‘in sababli kamida 36 kishi halok bo‘ldi
10:56 / 2022-11-22

Yong‘in Xitoyning markaziy qismida Xenan provinsiyasining Anyan shahridagi zavodlarning birida yuz berdi, deb xabar tarqatdi mahalliy CGTN telekanali.

Yong‘in tufayli bedarak ketganlar ham bor. Xitoy Markaziy televideniyesining ta’kidlashicha, Anyan shahri yong‘inga qarshi kurash xizmatiga shaharning Venfen tumanida korxonalarning biri yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Ayni paytda yong‘in bartaraf etilgani haqida aytilmoqda.

Xenan provinsiyasining ma’muriy markazi hisoblangan Chjenchjou shahrida iPhone ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda eng yirik Foxconn zavodi joylashgan.