Xitoyda yirik suv osti oltin koni aniqlandi
Xitoylik geologlar Shandun provinsiyasidagi Szyaodun yarim orolida, Sariq dengiz bo‘yida joylashgan Osiyodagi eng yirik suv osti oltin konini kashf etdi.
Ta’kidlanishicha, konda taxminan 2,5 milliard tonna ruda mavjud bo‘lib, undan jami 1400 tonna oltin olish mumkin.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu kashfiyot XXRning dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri sifatidagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamlashi va o‘lkaning import qilingan oltinga qaramligini kamaytirishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA