Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda umrni 120 yilgacha uzaytirish yo‘li topildi
15:26 / 2025-11-11

“The New York Times” gazetasi yozishicha, uzoq umr ko‘rish tibbiyotiga ixtisoslashgan XXRning “Lonvi Biosciences” startap loyihasi umrni 100 yildan 120 yilgacha uzaytiradigan tabletkalar ishlab chiqarmoqda.

Nashrga ko‘ra, keksayishga qarshi mazkur tabletka uzum urug‘i ekstraktida mavjud bo‘lgan birikma asosida yaratilgan.

Ma’lumki, uzum urug‘lari G‘arbda va an’anaviy Xitoy tibbiyotida uzoq vaqtdan beri sog‘lom oziq-ovqat sifatida mashhur bo‘lib kelgan.

Avvalroq, “South China Morning Post” gazetasi yanvar oyida 124 yoshini nishonlagan xitoylik ayolning o‘z vaqtida sog‘lom ovqatlanishi “uzoq umr ko‘rishning siri” ekanligini xabar qilgan edi.

S.Rahimov, O‘zA