Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda tug‘ilish keskin kamaydi
13:03 / 2026-01-20

Xitoy aholisi ketma-ket to‘rtinchi yil kamaydi. Davlat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil mamlakat aholisi soni 3,39 millionga qisqarib, 1,404 milliardni tashkil etdi. Hisobotga faqat materik Xitoy kiritilgan.

O‘tgan yil Xitoyda 7,92 million bola dunyoga kelib, 11,31 million odam vafot etdi. Tug‘ilish har ming kishiga 5,63, o‘lim esa 8,04 nisbatni tashkil qildi. Bu 1949 yildan buyon qayd etilgan eng past manfiy ko‘rsatkich. Boshqacha aytganda, Chin yurti nufusi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 17 foiz kamaygan.

Mutaxassislar ayni holatga ko‘p yil amal qilgan "bir oila — bir bola" siyosati hamda urbanizatsiya jarayoni sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Tug‘ilishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hozircha kutilgan samarani bermayapti. Yaqin o‘n yillikda qariyb 300 million kishi nafaqaga chiqishi kutilayotgani mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu sabab hukumat tug‘ilishni oshirishga qaratilgan choralarni kuchaytirmoqda. Jumladan, uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun yiliga 3,6 ming yuan miqdorida to‘lov joriy etish hamda nikoh yoshini pasaytirish taklifi ilgari surilgan.

Shunga qaramay, 2025 yil barqarorlikni saqlab qolgan XXR iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot 5 foiz o‘sdi. Xitoy aholi soni bo‘yicha yetakchilikni esa 2023 yil Hindistonga boy bergan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA