English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda tug‘ilish darajasi tushib ketdi
19:21 / 2022-01-17

Xitoy aholi sonining qisqarishi bilan kurashmoqda. Yaqinda e’lon qilingan yangi ma’lumotlar mamlakatda tug‘ilish darajasi 2021 yilda rekord darajada tushganini ko‘rsatdi.

“South China Morning Post” xabariga ko‘ra, 2021 yil Xitoy aholisi 480 ming kishiga ko‘paygan. Bu yil Xitoyda tug‘ilishning beshinchi yili bo‘ldi.

Xitoy milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 31 viloyat, avtonom viloyatlar va munitsipalitetlar o‘z aholisini 2021 yilda 1,4126 milliardga yetkazgan. Gonkong, Aomin va Tayvan aholi soni ushbu hisobga kirmaydi.

2016 yilda Xitoy er-xotinlarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undash orqali aholining tez qarishiga qarshi turish uchun o‘nlab yillar davom etgan bir bola siyosatidan voz kechgandi.

Ulug‘bek Mahmirzayev