French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda robotlar uchun maktab ochildi
19:14 / 2025-12-25

Endilikda bu maktabda insonlar emas, balki robotlar o‘qiydi. Loyihaning maqsadi – robotlarni zavod ishlaridan tortib, uy va jamoat joylarida yordam berishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarishga o‘rgatishdir.

“Sinxua” axborot agentligi xabariga ko‘ra, XXR odamsimon robotlarni tayyorlash markazi Pekinning Shitszinshanhududida joylashgan. Ikki qavatli majmua haqiqiy ishlab chiqarish liniyalari va yashash sharoitlarini qayta yaratadi. Ichkarida robotlar sanoat va maishiy muhitni taqlid qilib, turli kundalik vazifalarni bajaradi. Bularga qog‘oz o‘ramlarini saralash, posilkalarni qadoqlash va ovqat tayyorlash kiradi.

“Hujayra” deb nomlanuvchi har bir mashg‘ulot maydoni modulli bo‘lib, tez-tez qayta konfiguratsiya qilinadi.

– Har bir robotga ikkita inson instruktor hamrohlik qiladi, - deydi o‘quv markazi rahbari Chju Kay. – Bolalar yurishni o‘rganish uchun takroriy mashg‘ulotlarni talab qilganidek, robotlar ham funksional intellektni rivojlantirish uchun turli muhitlarda intensiv mashg‘ulotlardan o‘tishlari kerak. 

G.Sattorova, O‘zA