Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda noqulay ob-havo sababli 30 mingdan ziyod kishi jabr ko‘rgan
16:38 / 2022-02-24

Xitoyning janubida Guansi-Chjuan muxtor tumanida havo harorati keskin pasayib ketganidan taxminan 30 mingdan ziyod kishi jabrlangan, deb xabar tarqatdi « Sinxua» axborot agentligi.

Mintaqada ob-havo noqulayligi 18 fevralda boshlangan va shundan buyon Guansi-Chjuan muxtor tumanining katta qismida har kuni yomg‘ir yog‘ib turibdi. Ayrim tog‘li tumanlarda yo‘llar muzlagan va ho‘l qor yog‘moqda. 

Ob-havo noqulayligidan ekinzor maydonlar ham zarar ko‘rgan. To‘qqizta shaharda va 23 ta tuman uyezdlarida tabiiy ofat keltirgan ziyon 25,8 million yuanni tashkil etgani ma’lum qilindi.