Xitoyda nikoh qurish manfiy darajasi qayd etildi
Fuqarolik boshqaruvi vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tgan yil Xitoyda 6 million 833 ming juftlik rasman turmush qurgan. Bu so‘nggi 37 yildagi eng past ko‘rsatkich.
Mamlakatda 1986 yildan buyon ayni statistika e’lon qilib boriladi. Ma’lum bo‘lishicha, 2013 yildan boshlab nikohlar soni doimiy ravishda kamayib, 9 yil ichida 49,3 foiz pasaygan.
2022 yil esa tarixda ilk bor 7 milliondan kam yangi oila paydo bo‘ldi. Shu davrdagi ajralish holati esa 2 million 100 mingni tashkil etdi.
O‘zA