Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda mingta qadimiy tanga topildi
09:48 / 2020-03-22

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Veysyan tumanining Chjanxuabao qishlogʻida mingdan ziyod qadimiy tanga topildi.


Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Veysyan tumanining Chjanxuabao qishlogʻida mingdan ziyod qadimiy tanga topildi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar qildi.

Chaqalar 960-1127-yillar oraligʻida hukmronlik qilgan Sun dinastiyasi davriga tegishli ekani aytilmoqda.

Mazkur qimmatli xazinani mahalliy havaskor arxeolog izlab topdi. U Chjanxuabao qishlogʻidagi ibodatxona vayronalarini titkilayotganda, tasodifan oyogʻi ostidan bir nechta tanga chiqib qoldi. Shundan keyin qiziqqon izlanuvchi yerni qazishga tushdi. 13 kunlik mashaqqatli mehnatdan soʻng, nihoyat tanga toʻla koʻza koʻrindi.

Xazina toʻgʻrisida tuman madaniy yodgorliklar departamentiga xabar qilingach, voqea joyiga mukammal qazish ishlarini olib borish maqsadida mutaxassislar yetib kelishdi.

Taʼkidlanishicha, tangalarning aksariyati zang bosgan va majaqlangan. Endi ekspertlar topilgan jismlarni tozalash va batafsil tadqiq etishni rejalashtirishmoqda.