Xitoyda kuchli yomg‘ir ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Xitoyning Xebey provinsiyasida davom etayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, kuchli yomg‘ir Xebeydagi Baodin shahri hududiga jiddiy zarar keltirgan, oqibatlari davom etmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, tabiat hodisasida 46 ming 235 kishi jabr ko‘rgan. 4600 dan ortiq aholi o‘z uylaridan xavfsiz boshpanalarga evakuatsiya qilingan.
M.Pirmatova, O‘zA