Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda koronavirusga chalinish holati keskin oshdi
20:15 / 2022-03-13

Xitoy hukumati koronavirusga chalinish surati keskin oshgani tufayli  lokdaun joriy qiladi.

“AFP” agentligi xabariga qaraganda, 13 martda Xitoyda pandemiya davridagi eng yuqori kasallanish darajasi qayd etilgan. 19 hududda kunlik 3 100 holatda virusga chalinish kuzatilgan.  

“Dpa” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shimoldagi 17,5 millionli Shenchjen bir haftalik yakkalash tartibiga olingan. Shahardan chiqish taqiqlanadi va aholi yoppasiga uch bosqichli testdan o‘tadi. 

Oziq-ovqat, yoqilg‘i va birinchi ehtiyoj mahsulotlari bilan savdo qiluvchi korxonalardan tashqari barcha tashkilotlar yopildi yoki masofadan ishlashga o‘tildi. Bundan tashqari, 24 millionli Shanxayda odamlarga zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.