Xitoy Fanlar akademiyasi mikrobiologiya instituti tomonidan hamkor kompaniya bilan birga ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksina (SNO to‘qimalari) joriy yil 10 mart kuni ma’qullanib, mamlakatda favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilgan edi.
Bu Xitoyda COVID-19ga qarshi shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan to‘rtinchi vaksinadir. Shu tariqa dunyodagi ilk subbirlamchi oqsilli rekombinant vaksinadan klinik sharoitda foydalanishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston hukumati ham mamlakatda ushbu vaksinadan favqulodda foydalanish mumkinligini tasdiqladi. 1 martda vaksinani qo‘llashga ruxsat etildi. O‘zbekistonda ayni payt mazkur preparat dunyodagi eng xavfsiz va samarali vaksina, deya baholanmoqda.
Xitoyda yangi koronavirus tarqala boshlagach, Xitoy Fanlar akademiyasi mikrobiologiya instituti zudlik bilan sherik kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Koronavirusga qarshi yangi subbirlamchi oqsilli rekombinant vaksina yaratish bo‘yicha olib borilgan jadal fundamental ilmiy tadqiqotlar natijasida tez orada ko‘zlangan maqsadga erishildi. Ushbu ilmiy-tadqiqot muassasasi yaratilgan vaksinaga nisbatan mustaqil intellektual mulk huquqiga ega hisoblanadi. Vaksina mamlakatda yangi koronavirus pandemiyasi profilaktikasi va nazorati bo‘yicha hamkorlikdagi mexanizmga javoban Davlat kengashi tomonidan joriy etilgan beshta texnik yo‘nalishdan biridir.
2020 yil oktyabrida vaksina klinik sinovlarining I va II bosqichlari nihoyasiga yetkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu vaksina bilan to‘liq emlash kursidan keyin subbirlamchi vaksinalarga xos bo‘lgan hech qanday jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi.
Noyabr oyida Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Ekvador va Indoneziyada klinik sinovlarning III bosqichi boshlandi. Vaksina O‘zbekiston tomonidan yuqori baholangani, qolaversa, dastlabki sinov o‘tkazilgani inobatga olinadigan bo‘lsa, sinov jarayonlari bir tekisda davom etayotganini e’tirof etish mumkin. Darvoqe, yuqorida sanab o‘tilgan davlatlarda ilk davrda 29 ming kishi emlanishi rejalashtirilgan.
Vaksinani ishlab chiqarish uchun o‘ta yuqori darajadagi bioxavfsizlik talablariga javob beradigan laboratoriya binolari zarur bo‘lmasligi, ishlab chiqarish jarayoni barqaror va ishonchli ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Mamlakatda va xorijda qisqa vaqtda keng ko‘lamli ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu vaksina tannarxini, ishlab chiqarish va saqlash, yetkazib berish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.