Xitoyning Broad Group kompaniyasi Chansha shahrida 28 soatu 45 daqiqada qurib bitkazilgan 10 qavatli binoni jamoatchilikka namoyish qildi. Binoning bunyod etilishida innovatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilgan.
Binoning barcha qismi oldindan kompaniya zavodida tayyorlangan va yuk mashinalarida qurilish maydoniga yetkazilgan. Bu yerda ishchilar va uchta kran uyni xuddi konstruktorlarga o‘xshab yig‘ishga kirishgan, deb xabar qiladi Oddity Central nashri.
Uyning tayyor moduli, boltlar bilan mahkamlangan, keyin bino elektr va suv tarmog‘iga ulangan.
Broad Group kompaniyasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, uyni xuddi avtomobilga o‘xshatib yig‘ish mumkin. Avval detallari tayyorlanadi, so‘ngra barcha qismlari tez fursatda yig‘iladi. Uyning tayyor modulini quruqlikdan ham suv orqali ham dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazish mumkin.
Shu usul bilan hatto 200 qavatli binoni ham yig‘ish mumkin, deydi kompaniyadagilar.
Bunday uylar necha yil xizmat qilishi mumkinligi hozircha noma’lum, biroq ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, konstruksiyaning asosi bo‘lgan zanglamaydigan metallar ming yildan ko‘p xizmat qilishi mumkin.