Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda ilk bor "Omikron" aniqlandi, yana 18 kundan so‘ng bu davlatda qishki olimpiya o‘yinlari boshlanadi
11:47 / 2022-01-16

Xitoyda qishki olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 18 kun qolganda ilk bor koronavirusning omikron shtammi aniqlandi.

Xitoyda chop etiladigan The  Global Times gazetasining xabariga ko‘ra, Pekin yaqinidagi Xaydyan shahrida qishki olimpiya o‘yinlariga aloqodor shaxsda koronavirusning o‘ta yuquvchan varianti aniqlangan. 
Shanxay va Guandun provinsiyalarida ham kecha 15 yanvar kuni omikron bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ushbu hududlarda omikronning keng tarqalishi ehtimoli yuqoriligi haqida ogohlantirgan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Pekin—2022 ishtirokchilarini omikron butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani sababli “o‘z vaqtida ehtiyot bo‘lish” haqida ogohlantirdi va barchadan safar oldidan besh kun davomida “olomon joylardan saqlanishni” so‘ramoqda.

COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganlarning barchasi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga keladigan delegatsiya vakillari Xitoyga kelgandan so‘ng 21 kun davomida karantinda bo‘lishlar shart bo‘lmaydi. Faqat har kuni testdan o‘tkazilib turiladi, deyiladi The  Global Times xabarida.