Xitoyda gaz portladi, 31 kishining yostig‘i quridi
Xitoy shimoli-sharqidagi Ninsya-Xuey muxtor tumanida suyultirilgan gaz portlashi oqibatida 30 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi “Sinxua” agentligi.
Fojea chorshanba kuni kechqurun Inchuan shahrida yuz bergan. Hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Ofatdan 38 kishi jabrlangan, 31 nafar insonni qutqarib qolish imkoni bo‘lmadi. 7 kishi kasalxonaga yotqizilgan, jabrlanganlardan biri juda og‘ir ahvolda.