Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda elektr tez-tez uzilmoqda, shamga talab keskin oshdi – OAV
19:53 / 2021-09-29

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Xitoyning shimoli-sharqiy hududlarida elektr energiyasi uzilishi sababli shamga bo‘lgan talab keskin oshgani kuzatilmoqda.

Xitoyning onlayn-platformalarida sotuvchilar shamga buyurtmalar to‘xtamayotgani haqida ma’lum qilmoqda.

– Chjetszyan viloyatining Iu shahridagi sham zavodi o‘tgan hafta o‘z mahsulotlariga 10 barobardan ko‘proq buyurtma oldi. Shamlarning barcha zaxiralari sotib bo‘lingan, mahsulotga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda. Biroq, elektr ta’minoti cheklangani sababli, kompaniya vaqti-vaqti bilan sham ishlab chiqarish liniyalarini to‘xtatib turishga majbur, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, hududlarda elektr energiyasi uzilishi ko‘mir tanqisligi va bu turdagi yoqilg‘ining narxi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.