Xitoyda dovuldan qariyb bir yarim million kishi zarar ko‘rdi
“Doksuri” dovuli Xitoyning sharqiy Futszyan muzofotida 1 million 400 mingdan ziyod insonning hayotiga ta’sir qildi, 363 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deb yozdi yakshanba kuni “Futszyan Jibao” nashri.
Avvalroq Markaziy televideniye orqali mazkur ulkan tayfun juma kuni mamlakatning sharqiy sohiliga yetib kelgani ma’lum qilingan edi.
Tabiiy ofat 10 800 gektar ekin maydoniga ziyon yetkazgan, 90 uyni vayron qilgan. 346 inshoot jiddiy shikastlangan. Dovul oqibatida iqtisodiyot 427 million dollar zarar ko‘rgan.