French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda BMTning biologik xilma-xillik bo‘yicha konvensiyasining 15-anjumani o‘tkazilmoqda
10:31 / 2021-10-13

Xitoyning Yunan provinsiyasi ma’muriy markazi Kunmin shahrida BMT biologik xilma-xillik bo‘yicha konvensiyasining 15-anjumani o‘z ishini davom ettirmoqda.

“Sinxua” xabariga ko‘ra, mazkur yirik xalqaro tadbir mavzusi “Ekologik tamaddun: Yerdagi hayot kelajagi uchun”, deb nomlanadi.

Xitoy raisi Si Szinpin ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llagan.

Anjumanning birinchi bosqichida global harakat dasturi ishlab chiqish, ekologik tamaddun masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kelgusi yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan ikkinchi bosqichda esa, dastur qabul qilinadi.

Anjuman ishida dunyoning barcha qit’alaridan 196 nafar vakil ishtirok etmoqda.