English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda 500 million yillik hayvon turlari kashf etildi
14:37 / 2026-01-29

Xitoyning Xunan muzofotida paleontologlar 500 million yil oldin yashagan va ilgari fanga noma’lum bo‘lgan 91 turdagi hayvon turlari izlarini topishdi. Jami 153 zot aniqlangan bu jarayonda 50 000 dan ko‘p qazilma namunasi tahlil qilindi.

Hayratlanarlisi, ba’zi jonivorlarning yumshoq to‘qimasi — ko‘z, qorachiq, ichak va asab tizimi deyarli o‘zgarishsiz saqlangan. Bu holat odatda millionlab yil davomida faqat suyak va qattiq qobiq saqlanishi bilan bog‘liq isbotlangan ana’anadan farqli.

Taxminga ko‘ra, Yer kurrasidagi hayotning ilk alomatlari davrida paydo bo‘lgan bu jonzotlar tarixi dengiz ekotizimi biologik xilma-xilligi qayta tiklanishini tushunishga yordam beradi. Topilmalar orasida chuvalchanglarning qadimgi qarindoshlari, meduza va bo‘g‘im oyoqlilar bor. Darvoqe, bu hayvonlarning ba’zilari ilgari faqat Kanadada aniqlangan. Demak, qadimgi dengiz mavjudotlari sayyoramiz bo‘ylab keng tarqalgan ekan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA