Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda 50 daraja sovuq. Qushlar tiriklay muzlay boshladi
11:23 / 2024-02-22

Xitoy g‘arbidagi Shinjon muzofotida harorat Selsiy o‘lchamida minus 52,3 darajagacha tushib ketdi. Havo keskin sovishi oqibatida suv havzalarida qushlar muzlab qolyapti. Bu so‘nggi 64 yildagi eng past ko‘rsatkich, deb yozgan “Reuters” axborot agentligi.

Xorijiy OAV xabar berishicha, 1960 yil 21 yanvar kuni Fuyun okrugidagi Tuerxon shahrida -51,5 daraja qayd etilgan.

Xitoy transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitida Ichki Mo‘g‘uliston, Shinjon, Lyaonin, Szilin va Xeylunszyan muzofotlarida yo‘llarning 43 foizi yopilgan. Milliy ob-havo xizmati qattiq sovuq 22 fevralgacha davom etishidan ogohlantirdi. Qahraton mamlakat shimoli-sharqida, shuningdek janubdagi Markaziy Xubey va Xunan provinsiyalariga ham ko‘chishim mumkin.