Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda 200 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi
14:46 / 2022-12-28

Voqea Xitoyning markaziy Xenan provinsiyasida Chjenchjou shahrida ro‘y bergani aytilmoqda. Halokatga kuchli tuman sabab bo‘lgan, Xitoy Markaziy televideniyasi xabar berishicha, kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Hodisa chorshanba kuni ertalab avtomobillar o‘tadigan ko‘prik ustida yuz bergan. Aksariyat mashinalar bir-birining ustiga chiqib ketgan, deyiladi xabarda.  

Qutqaruvchilardan birining mahalliy "Xenan szyaotun" radiosiga ma’lum qilishicha, yo‘l transport hodisasida 200 dan ziyod mashina ishtirok etgan.  

Ayni paytda 11 ta yong‘in o‘chiruvchi mashina va 66 nafar qutqaruvchilar yo‘l tarnsporti hodisasi oqibatlarini tugatishga jalb qilingan.