Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Yevropa va AQSHdagi pandalarni qaytaryapti
10:32 / 2023-12-05

Xitoy tomonidan 2011 yil Buyuk Britaniyadagi hayvonot bog‘iga vaqtincha foydalanish uchun taqdim qilingan ikki yirik pandani vataniga qaytardi, deya xabar bermoqda “Daily Mail” nashri.

Edinburg hayvonot bog‘ida saqlangan 20 yoshli Yang Guang va Tyan Tyan laqabli jonivorlar o‘tgan davr mobaynida ko‘payishmagan, chunki qirollikda boshqa panda yo‘q. Maxsus samolyot jonzotlarni o‘z vataniga olib kelgan.

Xitoy hukumati AQSH hayvonot bog‘laridagi barcha pandalarni ham qaytarayotganini e’lon qildi. Davlat rahbari Si Szinpinning alohida ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilayotgan bu jarayon siyosiy masala ekanligi ham ta’kidlangan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA