Xitoy – YeI sammiti 7 dekabrga belgilangan
Xitoy TIV ma’lum qilishicha, tomonlar kelishuviga binoan, Xitoy va YeI yetakchilarining 24-uchrashuvi 7 dekbr kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, XXR Raisi Si Szinpin Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Avvalroq “South China Morning Post” gazetasi xabardor manbalarga tayangan holda, Yevroittifoq yetakchilari sammit paytida shaxsan Si Szinpin bilan uchrashib, mamlakatning Rossiyaga qarshi sanksiyani aylanib o‘tishda gumonlanayotgan 13 kompaniyasiga ta’sir o‘tkazishni so‘raydi, deb yozgan edi.
Agar Yevropa tomoni ushbu masalada Si Szinpindan ijobiy javob ololmasa, tegishli kompaniyalar sanksiyaning 12-bosqichi doirasida qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin.