Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy yarmarkasida O‘zbekiston bo‘limi ochildi
15:25 / 2025-09-09

Kecha Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan 25-Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi (CIFIT) doirasida “Invest in Uzbekistan” brendi ostida O‘zbekiston ayvoni tantanali ravishda ochildi.

1997 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan CIFIT — Xitoyning eng yirik investitsiya va savdo ko‘rgazmasi hisoblanadi. Joriy yil mazkur tadbirda o‘nlab davlatlar vakillari, iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan 500 dan ziyod yetakchi mahalliy kompaniyalar ishtirok etmoqda.

To‘rt kun davomida vakillarimiz mehmonlarga mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi, geologiya, turizm, kimyo va to‘qimachilik sanoati, shuningdek charm hamda ipakchilik sohalaridagi salohiyatini taqdim etadi.

Dastur doirasida taqdimotlar, mahsulot namoyishlari, seminarlar hamda o‘zbek va xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etiladi. Bundan tashqari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va investitsiya jalb etishga qaratilgan G2G, G2B va B2B formatida uchrashuvlar rejalashtirilgan.

M.Pirmatova, O‘zA