French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy yadrosiz vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi
11:00 / 2025-04-21

XXR tarkibida yadroviy unsurlar bo‘lmagan vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar tarqatgan.

– O‘tgan oy e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, hech qanday yadroviy moddasiz ikki kilogrammli bomba portlatildi, – deyilgan hisobotda. – Natijada bir necha soniyada 1000 darajadan yuqori haroratda olovli shar hosil bo‘ldi. Bu ayni holatda trotil portlagandagidan 15 barobar kuchli.

Ta’kidlanishicha, Milliy kemasozlik korporatsiyasi 705-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan mazkur qurilmada magniy gidridining kimyoviy birikmasidan foydalanilgan.

Aprel oyi boshida tashqi ishlar vaziri Van I “RIA Novosti”ga bergan intervyusida Xitoy o‘z yadroviy mudofaa strategiyasiga sodiqligini bildirib, qurollanish poygasiga kirishish niyatida emasligini aytgan.