Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy xususiy kompaniyasi ko‘p marta ishlatiladigan raketani sinovdan o‘tkazdi
16:10 / 2025-05-30

Xitoyning “Sepoch” xususiy koinot kompaniyasi mamlakatdagi birinchi ko‘p marta ishlatiladigan, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan raketani suyuq kislorod va metan yonilg‘isi bilan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

– Dongfang kosmik portida ““Yuansinje-1” nomli ko‘rgazmali raketa ilk sinov parvozini amalga oshirdi va missiya muvaffaqiyatli yakunlandi, – deyilgan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan bayonotda. – Suyuq kislorod va metan yonilg‘isi bilan qoplangan yupqa devorli zanglamaydigan po‘latdan yasalgan raketaning uzunligi 26,8 metr, aylanasi 4,2 metr, uchirish og‘irligi taxminan 57 tonna.

Parvozi 125 soniya davom etgan raketa dengiz sathidan 2,5 kilometr ko‘tarilgan va suvga ohista qo‘ngan.

Kompaniya mas’ullari qayd etishicha, sinov joriy yil rejalashtirilgan “Yuansinje-1”ni to‘liq ishga tushirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

“Beijing Sepoch Technology” xususiy fazo kompaniyasi Xitoyda qayta foydalaniladigan o‘rta va og‘ir yuk tashish qurilmalari ishlab chiqarayotgan birinchi korxona hisoblanadi.