Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Xalq Respublikasida BMB Trade Group kompaniyasining vakolatxonasi ochildi
17:28 / 2022-07-14

Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan Shandong provinsiyasining Sindao shahri markazida joylashgan “SCO International. Trade center” binosida BMB Trade Group kompaniyasining vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Bu o‘z navbatida, xitoylik hamkorlarimiz va tadbirkorlik sub’ektlari bilan yanada yaqinroq faoliyat olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. 

So‘nggi yillarda BMB Trade Group kompaniyasi ko‘psonli Sharq mamlakatlari qatorida jahon iqtisodiyotida katta ulushga ega bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalari bilan ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik qilib kelayotgan edi. 

Xususan, xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida kompaniya tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilayotgan quruq meva va dukkakli mahsulotlar eksporti hamda mamlakatimizga Xitoydan yuqori texnologiyalar asosida yaratilgan asbob-uskunalar importi keng yo‘lga qo‘yilgan edi. 

Xitoy Xalq Respublikasida BMB Trade Group kompaniyasi  vakolatxonasining ish boshlashi yuqorida qayd etilgan va boshqa bir qator savdo-iqtisodiy yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qulay shart-sharoit va imkoniyatlarni ochib beradi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA