Xitoy Xalq Respublikasi turizm sohasi vakillari ishtirokida o‘tgan biznes-forumdan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari, O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, taniqli xitoylik blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-12570]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA