Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Samarqandga keldi
20:47 / 2022-09-14

14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15 sentyabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.