Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy vaziri AQSHni Tayvan atrofida qasddan voqea sodir etishga urunishda aybladi
19:26 / 2022-08-02

“AQSH Xitoyning Tayvan bilan bog‘liq suverenitetiga mudom qarshi chiqmoqda va ataylab bu orolda janjal sodir etishga urinmoqda”. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ayni mazmunda bayonot berdi.

- AQSHdagi shaxslar doimiy ravishda Xitoyga Tayvan masalasida e’tiroz bildirib keladilar. “Yagona Xitoy” siyosatiga soya solish, orolda sun’iy hodisa yaratishga harakat qilishadi, - dedi Van I.

Siyosatchining aytishicha, “Amerikadagi ayrim siyosatchilar Tayvan masalasida faqat o‘z manfaatini o‘ylaydi. Ular ochiqdan-ochiq olov bilan o‘ynashmoqda. Amerika tomonining Tayvan masalasi bo‘yicha o‘z majburiyatini buzishi sharmandalik sifatida baholanadi va bu AQSHning obro‘si pasayishiga olib keladi”.

A.G‘ulomov, O‘zA