Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari uch yildan keyin yana uchrashdi
12:12 / 2023-04-03

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi xitoylik hamkasbi Sin Ganning taklifiga binoan, 1-2 aprel kunlari Pekinga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Xitoy TIV sayti.

Shu tariqa Xitoy va Yaponiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro keskin munosabat asnosida uch yildan ziyod vaqt ichidagi ilk muloqotni o‘tkazdi, deb yozgan “Reuters”.

Xitoyda Yaponiya fuqarolari qo‘lga olinishi, shuningdek, Tayvan atrofidagi vaziyat muzokaraning asosiy mavzusiga aylandi.

Yaponiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda Yaponiyaning besh fuqarosi qo‘lga olingan, ulardan ikki nafari, allaqachon, aybdor deb topilib, sudga topshirilgan.

Tomonlar Xitoyning harbiy faolligini kuchaytirish, xususan, Rossiya bilan hamkorligi va Sharqiy Xitoy dengizidagi mavjudligi masalasini ham muhokama qilgan.

G.Abdullayeva, O‘zA