Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va O‘zbekiston bojxona xizmati vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
18:55 / 2023-06-07

Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay bojxona kollejida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari xodimlari uchun “Bojxona ma’murchiligi” bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda  Shanxay bojxona kolleji prorektori, kollej vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy bojxona boshqarmalari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bojxona xizmatini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sohasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Mazkur “Bojxona ma’murchiligi” bo‘yicha o‘quv kursi davomida olinadigan Xitoy tajribasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar uchun ham birdek manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida Xitoy va O‘zbekiston bojxona xizmati vakillari tomonidan mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida doimiy tajriba almashish hamda o‘zaro tashriflarni tizimli yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surildi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA