Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va Markaziy Osiyo: ko‘p tilli yagona OAV ta’sis etiladi (+video)
10:13 / 2024-08-18

Qashqarga sanoat-savdo yarmarkasi ishini yoritish uchun uning ishtirokchilari bo‘lgan mamlakat jurnalistlari xam kelganlar. Xitoy tomoni ularning samarali ishtiroklari uchun barcha sharoitni yaratdi.

Buning maqsadli sabablari bor, albatta. Xitoy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni urg‘ular ekan, shu bilan birga ishtirokchi mamlakatlar ommaviy axborot vositalariga ham ikki tomon uchun manfaatli takliflar kiritmoqda.  

Yarmarka matbuot markazida Shinjon va Qashqar okrugi ommaviy axborot vositalari va targ‘ibot kanselyariyasi vakillari bilan Xitoy – Markaziy va Janubiy Osiyo mediya saloni ochilishida ishtirok etdik.  

- Har bir jurnalist uchun avvalo o‘z mamlakati manfaatlari ustun turadi, bu shubhasiz qoida. Ammo bu manfaat bugun mushtaraklik kasb etdi. Demak biz jurnalistlar ham faoliyatimizda mana shunday manfaatlar mushtarakligi nuqtasida birlashaylik, - dedi Xitoy matbuoti mulozimlari va OAVlarining rahbarlari.

Muzokarada so‘z olgan jurnalistlar ilmiy manfaat xolislik mezonlarini chetlab o‘tmasligi yuzasidan fikr muloxazalarini bildirdilar.  

Dastlab mediamakonda yagona axborot vositasini ta’sis etish, birinchi bosqichda u axborotni bir vaqtning o‘zida Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari tilida bera oladigan bo‘lishi, mintaqa yangiliklari, ijtimoiy siyosiy vaziyat hamda voqeliklarni xabardorligini oshirishga xizmat qilishga qaratilishi lozimligi haqida O‘zbekistonlik jurnalistlar taklif kiritishdi.  

- Bu juda o‘rinli taklif bo‘ldi, - deydi Xitoy Yangiliklar axborot Agentligining Shinjon bo‘limi raxbarining o‘rinbosari Van Szinshen. – Biz Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati doirasida bunday OAVsini ta’sis etishda tashabbuslar bo‘lishiga tayyormiz. Kelgusida Markaziy Osiyoning har bir mamlakatida yangi ommaviy axborot vositasining muxbirlik vakolatxonalarini ham ochish zarur bo‘ladi.  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/6pbJwOv2Tjo" title="Xitoy va Markaziy Osiyo: koʻp tilli yagona OAV taʼsis etiladi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xitoy – Markaziy Osiyo mediasaloni anjumanida global siyosatli o‘zgarishlar davridagi matbuot muammolari yuzasidan ham fikr almashildi.

Мuхаммаджон Obidov, Elyor Olimov (+video), O‘zA