Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va Hindiston tashqi ishlar vazirlari chegaradagi vaziyatni hal qilishga kelishib olishdi
11:40 / 2020-06-18

Xitoy va Hindiston harbiylari 15-iyunda Ladakxdagi Galvan vodiysida oʻzaro otishma sodir etgan.


Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar chorshanba kuni telefon orqali suhbatlashib chegaradagi murakkab vaziyatni adolat bilan hal qilishga kelishib olishdi, deb bayonot berdi Xitoy tashqi siyosat mahkamasi.

Xitoy va Hindiston harbiylari 15-iyunda Ladakxdagi Galvan vodiysida oʻzaro otishma sodir etgan. Xitoylik harbiylarning taʼkidlashicha, Galvan daryosi hududida hindistonlik harbiylar kelishuvni buzib, amaldagi nazorat chizigʻini kesib oʻtgan, ataydan toʻqnashuv keltirib chiqargan, natijada ikki tomondan ham yaradorlar va qurbonlar boʻlgan.

Oʻz navbatida, Hindiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan toʻqnashuv xitoylik harbiylarning Galvan vodiysida nazorat chizigʻiga amal qilish boʻyicha konsensusni oʻzgartirmoqchi boʻlishgani taʼkidladi.

Xitoy bilan Hindiston oʻrtasida Kashmir shimolida togʻli hududdagi yerning, shuningdek, Hindistonning shimoliy-sharqidagi Arunachal-Pradesh shtatida qariyb 60 ming kvadrat kilometr uchastkaning kimga qarashli ekani boʻyicha azaldan hududiy kelishmovchilik davom etib kelmoqda. Ikki davlat oʻrtasidagi amaldagi nazorat chizigʻi Ladakx hududidan oʻtadi. 1962-yil kuzda ham ushbu kelishmovchilik chegara urushiga aylanib ketgan edi. 1993 va 1996-yillarda Xitoy va Hindiston bahsli hududlarda tinchlikni saqlash boʻyicha bitim imzolashgan.