Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va BAA ilk bor harbiy havo kuchlari qo‘shma mashqini o‘tkazadi
12:29 / 2023-07-31

Birlashgan Arab Amirliklari birinchi marta Xitoy bilan hamkorlikda harbiy havo kuchlari qo‘shma mashqini o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu umumiy mashg‘ulot yillik rejaga hamda ikki tomon kelishuviga binoan, avgust oyida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani hududida bo‘lib o‘tadi.  

“Mazkur tadbir ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan”, – deyiladi xabarda.