Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va AQSH: Pelosining Tayvanga safariga munosabat
21:03 / 2022-08-02

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga keskin qarshi chiqdi va bu qarorni qoraladi.

Avvalroq “bu tashrif amalga oshgan taqdirda Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi” va “mintaqada tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi”, deya bayonot tarqatgan edi XXR TIV.

Oq uy ma’muriyati, o‘z navbatida “Pelosining tashrifi AQSHning Xitoyga nisbatan siyosatiga to‘liq mos keladi, Xitoyning kuchayishiga hech qanday sabab yo‘q”, deb xabar tarqatdi.

“Washington Post” gazetasi Pelosidan “AQSH Tayvanni himoya qilish va’dasini esga olishi kerak”, tarzida iqtibos keltirdi.

Spikerning fikricha, “Pekin va Tayvan orasidagi taranglik so‘nggi yillarda sezilarli darajada kuchaydi”.

O‘zA