Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy va AQSH olimlari issiq ob-havoda binolarni sovitadigan sement ixtiro qilishdi
10:09 / 2025-08-27

Bu yangi material quyosh nuri va issiqlik bilan o‘zaro ta’sirlashadi — va oddiy sementdan farqli o‘laroq, issiqlikni ichkariga yig‘masdan, aksincha, uni qaytaradi va bino ichini sovutadi.

Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida chop etildi.  

Olimlarning aytishicha, bu “foton-strukturalangan sement” qotgach, yuzasida maxsus kristalli tuzilmalar — ettringit kristallari shakllanadi. Ular ko‘rinadigan yorug‘likni aks ettiradi, infraqizil nurlarni esa o‘tkazib yuboradi. Natijada, quyoshli kunlarda bino devori qizimaydi, balki soviydi.

Oddiy sement quyosh nuri va issiqlikning atigi 30 foizini aks ettiradi. Ammo yangi sement devorlarni 60-70°S darajagacha qizishdan saqlab, atigi 30-35°S gacha ushlab turadi. Bu esa bino ichidagi haroratni 5 darajagacha pasaytiradi.

Tajribalar ko‘rsatdi: bu material bilan qoplangan binolar ichkarida konditsioner ishlatmasdan ham salqin bo‘ladi.

Kelajakda bunday sement uylarni qurish xarajatlarni kamaytiradi, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi va atrof-muhit uchun foydali bo‘ladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/abY-PWKfjwM?si=Rbas9R8xL2JbTfV2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA