Xitoy va AQSH bayonotlari
Xitoy hukumati AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va uning oila a’zolariga Tayvanga “provokatsion tashrifi” uchun sanksiya joriy qiladi.
Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligida o‘tgan brifingda aytildi.
“Spikerning provokatsion harakati munosabati bilan Xitoy tomoni davlatning tegishli qonunchiligiga muvofiq, Pelosi va uning oila a’zolariga nisbatan sanksiya choralarini qo‘llashga qaror qildi”, deyiladi matbuot xabarida.
Kambojada bo‘lib turgan AQSH Davlat departamenti kotibi Entoni Blinken fikricha, Xitoy Pelosi tashrifidan so‘ng harbiy mashq boshlab, nafaqat Tayvan, balki Osiyoning boshqa davlatlarini ham qo‘rqitishga urinmoqda. “Qo‘shma Shtatlar vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda”, dedi u.
O‘zA