Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy TIV: NATO kengayish uchun bahona izlamasligi kerak
18:21 / 2023-07-12

Shimoliy Atlantika alyansi kengayish uchun bahona izlamasligi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.

“Biz NATOni haqiqatni buzib, Xitoyga tuhmat qilish, yolg‘on, uydirma to‘qishni zudlik bilan to‘xtatishga, o‘z ekspansiyasi uchun bahona izlamaslik, aksincha, global tinchlik va barqarorlikka erishish yo‘lida konstruktiv rol o‘ynashga chaqiramiz”, dedi u.

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Vilnyusdagi sammiti yakuniy bayonoti “qorani oq, deb atadi, bu hujjat “sovuq urush mentaliteti va mafkuraviy xurofot”ga to‘la.

– Xitoy bunga qarshi, – dedi diplomat. – NATO o‘zini mintaqaviy ittifoq, deb biladi, lekin jug‘rofiy nuqtai nazardan kengayishda davom etmoqda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga ekspansiyani tezlashtirmoqda. NATO o‘zini doim mudofaa alyansi, deya tanishtiradi, ammo a’zo davlatlar harbiy xarajatini muntazam oshirish, o‘z vakolatini kengaytirishga urinadi. Alyans tegishli qoidaga asoslangan xalqaro tartibni himoya qilishga da’vo qiladi, lekin xalqaro munosabat huquqi va asosiy me’yorini e’tiborsiz qoldiradi, boshqa mamlakatlar ichki ishiga aralashadi, ko‘plab urush-ziddiyatlarga aralashib qoladi.

Shimoliy Atlantika alyansining 11 iyul kuni Vilnyusda qabul qilingan yakuniy bayonotida Xitoyga keng o‘rin berilgan. Hujjatda qayd etilishicha, NATO mamlakatlari XXR yadro arsenalini ko‘paytirishidan xavotirda.  

Ularning fikricha, yadroviy qurol nazorati sohasida Pekin olib borayotgan sa’y-harakat yetarli darajada emas.  

Bayonotda, shuningdek, Xitoy va Rossiya strategik sherikligi chuqurlashishi NATO qadriyatlari va manfaatiga zid ekani ham ta’kidlangan.

O‘zA