Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekiladi
11:43 / 2025-03-17

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi Bahoriston mahallasida 2025 yil hosili uchun chigit ekishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekish usullari va ularning samaradorligi muhokama qilindi.

Anjumanda Sirdaryo viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Xidirov, tuman va shahar hokimlari, mutaxassislar va agronomlar ishtirok etdi. Xitoy texnologiyasining asosiy maqsadi  yer maydonlaridan samarali foydalanish va suv resurslarini tejashdir. Tadbirda zamonaviy agrotexnik usullar va suv tejamkor texnologiyalarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

[gallery-22291]

Mutaxassislar tomonidan Xitoyning chigit ekish bo‘yicha yangilangan usullari yer maydonlaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishish va suv resurslarini tejash imkonini berishi ta’kidlandi.

Shuningdek, zamonaviy uskunalar va agrotexnik talablarga rioya qilish, ekish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan takliflar  bildirildi.

G‘ulom Primov,  

Shahriyor Ortiqboyev(surat),  

O‘zA muxbirlari